Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatida odam savdosi bilan bog‘liq holat aniqlandi

A A A
Toshkent viloyatida odam savdosi bilan bog‘liq holat aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni barvaqt fosh etish va oldini olishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Jumladan, DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida ana shunday jinoyatlardan biri fosh etildi.

Xususan, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1982 y.t. ayol Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi, 2000 y.t. qizni xorijga olib borib, jinsiy ekspluatasiya qilishni rejalashtirgan.

U o‘z maqsadiga erishish uchun jabrlanuvchiga aviachipta xarid qilib berib, keyinchalik ishlab topadigan mablag‘ining yarmini doimiy ravishda berishini talab qilgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi ayol jabrlanuvchi bilan birga Toshkent xalqaro aeroportidan Istanbul shahriga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Hozirda yangiyo‘llik ayolga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, odam savdosi — inson qadri va erkinligiga qarshi qaratilgan og‘ir jinoyatlardan biridir.

Kiritildi: Bugun 14:47. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!