Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Toshkent viloyati hokimi Yangi xalqaro aeroport qayerga qurilishi haqidagi ma’lumotni ochiqladi

Toshkent viloyati hokimi Yangi xalqaro aeroport qayerga qurilishi haqidagi ma’lumotni ochiqladi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 11 avgust kuni «Hokimlik soati» yig‘ilishida Toshkent viloyatida qurilishi rejalashtirilgan yangi xalqaro aeroport O‘rta Chirchiq tumanida joylashishi mumkinligi haqida gapirdi.

Uning ta’kidlashicha, yangi Toshkent xalqaro aeroporti O‘rta Chirchiq tumanining 1 200 gektar maydonda barpo etiladi. Shuningdek, Bekoboddan Bo‘ka, Piskent va Nurafshon orqali poytaxtga temiryo‘l quriladi.

«Bekobod shahar, Bekobod tuman, Bo‘ka, Piskent, Nurafshon orqali Toshkent shahriga temiryo‘l loyihasi kiritilib, loyihalashtirib, yanagi yil boshla degan topshiriq ketayotgan bo‘lsa, 1 200 gektar aeroport O‘rta Chirchiq tumaniga kelib joylashsa, yana nima qilib berilishi kerak davlat tomonidan, aytinglarchi?», degan hokim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida yangi aeroport amaldagi Toshkent xalqaro aeroportidan 17 kilometr janubda, Toshkent–Samarqand yo‘nalishidagi mavjud avtomobil yo‘li va yaqin kelajakda barpo etiladigan pullik avtomagistralga yaqin hududda joylashishi haqida gapirgandi.

Kiritildi: 16:17 12.08.2025. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!