Majburiy ijro byurosining Toshkent tuman bo‘limi ish yurituvida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 24.09.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Toshkent tuman hokimligidan, undiruvchi L.Nematullayev foydasiga buzilgan turar joy evaziga 3.895.526.038 so‘m kompensasiya pullari undirib berishga oid ijro hujjati mavjud.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha 07.10.2021 yil kuni bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan. Qarzdorlikni undirish maqsadida Qonunning 21,87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor Toshkent tuman hokimligidan, undiruvchi L.Nematullayev foydasiga 3.895.526.038 so‘m kompensasiya pullari to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.
Shuning asosida mazkur ijro hujjati tamomlangan.