Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.A.” MCHJning norasmiy ishchisi A.A. va boshqalar fuqaro G.B. va uning ota-onasini jami 3 150 AQSh dollari evaziga Saudiya Arabistoniga borishi uchun “viza” hujjatlarini tayyorlab, “Umra” ziyoratiga yuborishlarini va’da qilib, oldindan bo‘nak sifatida 2 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.