Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkent shahrida 703 ta transformator punkti yangilanadi

A A A
Toshkent shahrida 703 ta transformator punkti yangilanadi

Toshkent shahrida 703 ta transformator punkti yangilanadi

“Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–91-son, 11.03.2023 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA bo‘lgan 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari quriladi.

☑️ Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Mirobod tumanlaridagi 4 ta podstansiya rekonstruksiya qilinib, ularning o‘tkazish quvvati 179 MVAga oshiriladi.

⚡️Eskirgan 7,5 km uzunlikdagi 35 kV va 41,7 km uzunlikdagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari zamonaviy turdagi kabel va simlarga almashtiriladi.

▶️ Shuningdek, qaror bilan:

🔹 2023 – 2025 yillarda Toshkent shahrining past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash dasturining maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

📁 Dastur doirasida jami 2 969,8 km past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 703 ta transformator punkti yangilanadi.

📌 Shuningdek, respublikaning boshqa hududlaridagi elektr tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqiladi.

Kiritildi: 16:56 11.03.2023. O'qildi: 1802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!