Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkent shahar IIBB jinoyatni tezda fosh qildi

Toshkent shahar IIBB jinoyatni tezda fosh qildi

2 iyun kuni soat 15.30 da Chilonzor tumanidagi Bunyodkor ko‘chasida noma’lum shaxs “GAZ-33” yuk avtomobilining eshigi ochiq qolganligidan foydalanib, salondan 24 yoshli haydovchi Javlon Y.ga tegishli bo‘lgan 200 AQSh dollari va 1.500.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. Pullar yo‘qolganini payqagan haydovchi ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qildi.

Ko‘rilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat qidiruv xizmati xodimlari g‘arazgo‘y – 18 yoshli Jizzax viloyatilik Shodiyormirzo K. ekanligini aniqlashdi. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 15:38 06.06.2020. O'qildi: 2385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!