Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘ttiz beshinchi sessiyasida Toshkent shahar hokimining "Toshkent shahar fidoyisi" ko‘krak nishonini ta’sis etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Deputatlar e’tiboriga ko‘krak nishonining bir necha namunasi va Nizomi taqdim etildi va namunalar orasidan milliy xususiyatlarimiz va davlatchiligimiz tarixiga mos bo‘lgani tanlanib, bir ovozdan ma’qullandi.
Mazkur ko‘krak nishoni Mustaqilligimizning 30 yillik tantanasiga munosib tuhfa sifatida, har yili mustaqillik bayrami arafasida Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, Toshkent shahridagi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan fuqarolarni, keng jamoatchilik vakillarini taqdirlash maqsadida ta’sis etilmoqda.
Shuningdek, ko‘krak nishon bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.