Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

“Toshkent savdo markazi”, «Megaplanet» savdo markazlarida jinoyat qilgan residivist ayol qamoqqa olindi

“Toshkent savdo markazi”, «Megaplanet» savdo markazlarida jinoyat qilgan residivist ayol qamoqqa olindi

1984 yil 18 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan Chorshanova Nilufar Uchkunovna ilk marotaba Toshkent shahar Chilonzor tuman sudining 1999 yil 22 martdagi hukmiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi(JK)ning 25,169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 3 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, JKning 72-moddasi qo‘llanib, shartli hukm qilingan holda 2 yil sinov muddati belgilangan.

“Jahon.uz” nashri ixtiyorida mavjud tergov va sudga oid hujjatlarga ko‘ra, Nilufar Chorshanova ketma-ket yana 7 marta sudlandi va ularning barchasida u o‘g‘irlik qilgani uchun javobgarlikka tortildi.

Sudning hukmiga ko‘ra, N.Chorshanova muqaddam bir necha marotaba sudlanib va bundan o‘ziga tegishli ijobiy xulosa chiqarmasdan, ya’ni hech qayerda ishlamasdan yoki biron-bir foydali ijtimoiy mehnat bilan shug‘ullanmasdan, ma’muriy nazorat qoidalarini buzish hamda o‘ta xavfli residivist tomonidan o‘g‘irlik jinoyatlarini qasddan sodir qilish yo‘liga o‘tadi.

N.Chorshanova muqaddam o‘g‘irlik jinoyati sodir qilib, o‘ta xavfli residivist bo‘lib, Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida joylashgan “Toshkent savdo markazi” 3-savdo blogi, 4-qator, 17-sonli do‘koniga xaridor sifatida kirib va ushbu savdo do‘koni tashqarisida turgan peshtaxtaga yechib qo‘yilgan fuqaro A.Sultonovaga tegishli ayollar kiyimi cho‘ntagidan 200.000 so‘mni o‘g‘irlik, ya’ni yashirin ravishda talon-toroj qilish yo‘li bilan egallab olib, voqea joyidan yashiringan.

Shuningdek, N.Chorshanova o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, o‘ta xavfli residivist bo‘lib, takroran, Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida joylashgan “Toshkent savdo markazi” 3-savdo blogi, 6-qator, 3-sonli do‘konga xaridor sifatida kirib S.Ummatovaning 500.000 so‘mlik “Samsung” rusumli uyali aloqa telefon apparatini o‘g‘irlik, ya’ni yashirin ravishda talon-toroj qilish yo‘li bilan egallab olib, voqea joyidan yashiringan.

N.Chorshanova o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, o‘ta xavfli residivist bo‘lib, takroran, jinoyat ishining unga nisbatan qismi alohida ish yurituviga ajratilgan M.Chorshanova bilan oldindan til biriktirib, bir guruh holda, voyaga yetmagan R.Xamdamovani jinoyatga jalb qilib, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 11-mavzeda joylashgan “Megaplanet” savdo majmuasining 1-qavatida joylashgan “Makro” supermarketiga xaridor sifatida kirib va ushbu supermarketda parfyumeriya mahsulotlarini taxlayotgan fuqaro N.Abdurahimovanining kiyimi o‘ng cho‘ntagidan bahosi 1.000.000 so‘mlik “iPhone 5S” rusumli uyali aloqa telefon apparatini o‘g‘irlik, ya’ni kissavurlik yo‘li bilan yashirin ravishda talon-toroj qilib egallab olib, voqea joyidan yashiringan.

O‘g‘irlik jinoyati ortidan qo‘lga olingan N.Chorshanovaga O‘zbekiston Respublikasi JKning 226-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 169-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 127-moddasi 3-qismi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va u JKning 59-moddasi tartibida, 8 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, N.Chorshanova 28 yoshidayoq jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tuman sudining 2012 yil 14 maydagi hukmi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli residivist deb topilgan.

Kiritildi: 14:40 07.09.2019. O'qildi: 2460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!