Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Toshkent metropoliteni donasi 100 ming dollarga teng eskalatorlar o‘rnatayotgani rostmi?"

“Toshkent metropoliteni donasi 100 ming dollarga teng eskalatorlar o‘rnatayotgani rostmi?"

«Kun.uz» tahririyatining “Toshkent metropoliteni donasi 100 ming dollarga teng eskalatorlar o‘rnatyapti. Bu qimmat emasmi? " deb nomlangan maqolasiga rasmiy munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2021 yildagi «Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5260-sonli qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarining 15-bandida, metropolitenda xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan 6 dona eskalatorlarni almashtirish uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan jami 900 ming AQSh dollari ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Shu sababli, metropoliten mutaxassislari tomonidan o‘rganishlar olib borilishi va ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘larning harajatini optimallashtirilishi natijasida, 6 dona eskalatorlar o‘rniga, «Xalqlar do‘stligi», «Novza» va «Paxtakor» bekatlaridagi ma’nan eskirgan 8 dona eskalatorlarni almashtirish rejalashtirildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ko‘rsatib o‘tilgan bekatlariga o‘rnatish uchun harid qilingan 8 dona eskalatorlar texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘liq yuklama bilan sutkasiga 20 soat davomida uzluksiz ishlash quvvatiga ega qurilma bo‘lib, «og‘ir turdagi» eskalatorlar turkumiga mansub xamda Respublika hududida faqatgina metropoliten ob’ektlarida foydalaniladi («engil turdagi» oddiy eskalatorlardan tubdan farq qiladi).

Belgilangan tartibda, metropoliten xodimlari tomonidan barcha texnik xujjatlar davlat xaridini amalga oshirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish kompleks markazi» DUKdan ekspertizadan o‘tkazib, o‘rganilgan bozor narxlarini tasdiqlash va yakuniy xulosa olish uchun taqdim qilingan.

Taqdim etilgan hujjatlarga asosan, Markaz tomonidan tegishli ekspertiza o‘tkazilib, narxlar tasdiqlangan va 2023 yil 23 iyunda 45/01-07/2-2886-sonli ijobiy xulosa olingan.

Ushbu xulosa asosida, eskalatorlarni yetkazib beruvchi korxonani aniqlash maqsadida 2023 yil 10 oktyabrda va 26 oktyabrda elektron tender tanlovlari o‘tkazilgan. Biroq, tender tanlovlari turli sabablarga ko‘ra (hujjatlar to‘liq emasligi, qatnashuvchi korxonalar yetarli bo‘lmaganligi va h.k.) bekor qilingan.

So‘ng, 18.11.2023 yil uchinchi bor elektron tanlov o‘tkazilgan va tanlov natijasi bo‘yicha “MERCURY SOLUTION” MCHJ g‘olib topilib, 8 dona eskalatorlarni yetkazib berish, o‘rnatish hamda ishga tushirish bo‘yicha 22.11.2023 yilda 10,554 mlrd so‘mlik (QQS bilan 12%), 10-sonli shartnoma rasmiylashtirilgan (ushbu rasmiylashtirilgan shartnomadagi qiymatiga 5 yillik kafolat muddati va qo‘shimcha ehtiyot qismlar (ZIP) kiritilgan).

«Kun.uz» tahririyati maqolasida eskalatorlarning donasining narxi 100 ming dollarni tashkil qilishi ko‘rsatilib, xatolikka yo‘l qo‘yilgan.

Jumladan, shartnoma asosida ko‘rsatib o‘tilgan «og‘ir turdagi» eskalatorning ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan narxi 55 ming dollarni tashkil qilgan.

Shu bilan bir qatorda, bir dona eskalatorni yetkazib berish transport harajati – 16,0 ming, bojxona boj to‘lovi (5 %) – 3,6 ming, qo‘shilgan qiymat solig‘i (12%) - 8,9 ming hamda o‘rnatish, sertifikatlash kabi boshqa harajatlar – 11,8 ming AQSh dollarini tashkil qilganligini va eskalatorning bir donasining tan narxi, “MERCURY SOLUTION” MCHJning foydasini hisobga olmaganda 95,3 ming AQSh dollarini tashkil etganligini takidlab o‘tamiz.

«Toshkent metropoliteni» DUK rahbariyati ushbu masalaga aniqlik kiritish va shaffoflikni ta’minlash hamda shahar aholisi va yo‘lovchilari o‘rtasida metropoliten ishchi xodimlari to‘g‘risida salbiy fikirlar yuzaga kelishini odini olish maqsadida, Nazorat qiluvchi organlar, Raqobat qo‘mitasi va «Kun.uz» tahririyati mutaxassislari ishtirokida o‘rganish o‘tkazish xamda natijalari bo‘yicha haqqoniy baho berilishini so‘raydi (o‘rganish jarayonida «Toshkent metropoliteni» DUK tomonidan barcha taalluqli hujjatlar taqdim etilishi ta’minlanadi).

Kiritildi: 15:55 13.09.2024. O'qildi: 1797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!