Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent davlat yuridik universiteti liseyi bitiruvchilari universitetga imtihonsiz qabul qilinadi

A A A
Toshkent davlat yuridik universiteti liseyi bitiruvchilari universitetga imtihonsiz qabul qilinadi

Lisey bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt asosida, kvotadan tashqari universitet belgilaydigan o‘rinlar ajratiladi.

Qonunchilikka ko‘ra, TDYUU qoshidagi lisey bitiruvchilari universitetga imtihonsiz, suhbat asosida qabul qilinadi. Bu haqda «Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik liseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da belgilangan.

Qayd qilinishicha, lisey bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt asosida, kvotadan tashqari universitet belgilaydigan o‘rinlar ajratiladi. Buning uchun talabgorlar suhbatdan o‘tib, tavsiyanomaga ega bo‘lishi kerak.

Suhbatga talabgor bitiruvchilar uchun maxsus komissiya tuziladi. Bitiruvchilar tavsiyanoma olish uchun har yili 20 iyungacha ariza bilan murojaat qilishi kerak. Buning uchun abituriyent kamida 4 bahoga o‘qishi, B2 darajadagi chet tili sertifikatiga ega bo‘lishi, lisey hayotida faol bo‘lishi kerak.

Komissiya talabgorlarning hujjatlari ko‘rib chiqib, suhbat belgilaydi. Suhbat natijasiga qarab tavsiyanoma berish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Tavsiyanomaga ega abituriyentlar bilan yana bir marta Toshkent davlat yuridik universitetida tashkil etilgan komissiya yakka tartibda suhbat o‘tkazadi. Abituriyentlar suhbatda to‘plagan ball asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Kiritildi: 23:20 07.07.2023. O'qildi: 5442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!