Norkulov Suxrob Turakulovich «Toshkent metropoliteni» DUK boshlig‘ining ilmiy-innovasion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Toshkent davlat transport universiteti prorektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
S.Norkulov 1990 yil Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2008 yilda Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji, 2015 yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, 2018 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabining «Loyiha boshqaruvi» yo‘nalishida magistraturani tamomlagan.
Tayinlovga qadar S.Norkulov Transport vazirligi huzuridagi o‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.