Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Toqayev Qozog‘istonning neft eksportini oshirish rejasini ma’lum qildi

A A A
Toqayev Qozog‘istonning neft eksportini oshirish rejasini ma’lum qildi

Qozog‘iston Ozarbayjon orqali neft eksporti hajmini oshirish va uni yetkazib turish uzoq muddatli barqaror ravishda bo‘lishi kutiladi, deb bayonot berdi Qosim-Jomart Toqayev Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha, deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

“Bugungi kunda bizning ustuvor vazifamiz energiya resurslarini jahon bozorlariga yetkazib berishni yanada diversifikasiya qilishdan iborat”, dedi Toqayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda Qozog‘iston neftining birinchi partiyasi Ozarbayjon orqali jo‘natilgan. Prezident, shuningdek, yagona transport operatorlarini yaratish va yopiq logistika siklini shakllantirishni nazarda tutuvchi Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi salohiyatini ishga solish muhimligini ta’kidladi.

Mazkur transport yo‘lagi Rossiyani aylanib o‘tib, Xitoy, Qozog‘iston, Kaspiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya orqali Turkiya va Yevropa mamlakatlariga yetib boradi. Bungacha Qozog‘iston neftining asosiy eksport yo‘li Rossiya orqali o‘tgan.

Kiritildi: 12:44 11.04.2023. O'qildi: 1525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!