Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toqayev Qozog‘iston neftini eksport qilishda Rossiyani chetlab o‘tmoqchi

A A A
Toqayev Qozog‘iston neftini eksport qilishda Rossiyani chetlab o‘tmoqchi

Qozog‘iston nefti Rossiyani aylanib o‘tib Transkaspiy yo‘nalishi bo‘ylab tashilishi mumkin. Qosim-Jomart Toqayev o‘z hukumatiga ushbu masalani ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi, deb xabar beradi Kazinform.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “Qozog‘iston neftini eksportga yetkazib berish yo‘llarini diversifikasiya qilish” zarur. U Xitoy, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya va Qora dengiz orqali Yevropa mamlakatlariga o‘tadigan Transkaspiy yo‘nalishini ustuvor yo‘nalish deb atadi.

Toqayev “KazMunayGaz” davlat neft-gaz kompaniyasini iloji bo‘lsa, 50 foizi Amerikaning Chevron va 25 foizi ExxonMobilga tegishli bo‘lgan Tengiz konini amalga oshirishga investorlarni jalb qilishga chaqirdi.

Ayni vaqtda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qozog‘istonning Rossiya Federasiyasini chetlab o‘tuvchi neft ta’minoti yo‘llarini izlashi “siyosiy maqsadli qadam emas”ligiga ishonch bildirdi.

"Biz juda ehtiyotkorlik bilan qarashimiz kerak... Ekologik parametrlarga ko‘ra, to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, shuning uchun bu yerda, albatta, qozog‘istonlik hamkorlarimiz bilan qo‘shimcha aloqalar talab qilinadi", - deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 18:00 07.07.2022. O'qildi: 4803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik