Kobulda yuz bergan terakt oqibatida “Tolibon” hukumatining qochqinlar ishlari bo‘yicha vaziri Halil Haqqoniy halok bo‘ldi. Bu haqda Ariana News xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, vazir ISHID tarafdori bo‘lgan xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan terakt qurboni bo‘lgan. Terrorchi Qochqinlar ishlari vazirligi binosiga tashrif buyuruvchi qiyofasida kelib, Haqqoniy hujjatlarni imzolayotganda bombasini portlatgan. Vazirdan tashqari yana olti kishi halok bo‘lgan.
“Tolibon” ISHIDni “qo‘rqoqlarcha hujum” uyushtirishda ayblagan va uni “boshqa musulmonlarni kofir deb e’lon qilib, Islomni soxta tarzda qabul qiluvchi guruh” deya ta’riflagan. ISHID hozircha bu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Haqqoniy “Tolibon” harakati uch yil oldin hokimiyatni qo‘lga olganidan beri Afg‘onistonda sodir bo‘lgan terror hujumlarining eng mashhur qurboniga aylandi.
AQSh 2011 yilda terrorchi deb hisoblagan Halil Haqqoniy bilan bog‘liq ma’lumot uchun 5 million dollargacha mukofot taklif qilgandi. Shuningdek, u 1988 yilda BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Halil ur-Rahmon Haqqoniy 2021 yil 7 sentyabrda “Tolibon” o‘sha yilning avgust oyida mamlakat ustidan Afg‘oniston qochqinlar ishlari vaziri etib tayinlangandi. U “Tolibon” bilan bog‘liq “Haqqoniy tarmog‘i”ning yetakchisi, Sirojiddin Haqqoniyning amakivachchasi hisoblanadi.