Tolibon Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanganidan so‘ng Vashington ularni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashlashini kutmoqda. Bu haqda Afg‘oniston Tolibon harakati Siyosiy byurosi rahbari Suhayl Shoxin ma’lum qildi , deya xabar beradi «RIA Novosti» .
«Albatta, hozir urush tugab, yangi bosqichda ekanmiz, a’zolarimizni bu ro‘yxatda qoldirishdan ma’no yo‘q», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan Trampning birinchi prezidentlik davrida Qo‘shma Shtatlar va Tolibon o‘rtasidagi qarama-qarshilikni to‘xtatib, Afg‘onistondagi Amerika harbiylarining 20 yillik mavjudligini tugatishga imkon beruvchi kelishuvlarga erishgan .