Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

“Tolibon” tez kunlarda AQSh bilan tinchlik bitimi imzolashi mumkin

“Tolibon” tez kunlarda AQSh bilan tinchlik bitimi imzolashi mumkin

Afg‘onistondagi "Tolibon" harakati yanvar oxiriga qadar AQSh bilan tinchlik bitimi imzolashi mumkin, dedi toliblar vakili Suhayl Shahin Dawn gazetasiga bergan intervyusida.

"Bitim loyihasi tayyor. Hal qilish kerak bo‘lgan yagona narsa tinchlik bitimini imzolash sanasi. Bitimni kechi bilan shu oy oxiriga imzolaymiz degan umiddamiz", - dedi u.

Avvalroq Assoshieyted Press agentligi "Tolibon" harakati a’zolari AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodga Afg‘onistonda yetti kundan o‘n kungacha muddatga vaqtincha o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish taklif etilgan hujjatni taqdim etganini xabar qilgandi.

Shahin shuningdek, toliblar "xorij qo‘shinlari mamlakatdan bemalol chiqib ketishi uchun harbiy operasiyalar miqyosini kamaytirgani"ni aytdi.

2019 yil dekabrda "Tolibon"va AQSh uch oylik tanaffusdan so‘ng Dohada muzokaralarni qaytadan boshlagan, ammo muzokaralar natijasiz yakunlangandi.

Kiritildi: 09:25 19.01.2020. O'qildi: 1974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!