“Tolibon”ning Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi ayollarga nisbatan cheklovlarni kuchaytirdi. Jumladan, ayollarga sotuvchilar bilan savdolashish taqiqlandi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
“Tolibon”ning ayrim viloyatlardagi axloq polisiyasi erkaklarga xotinlari borasida tegishli buyruq chiqargan. Ular ayollar sotuvchilar bilan savdolashganida, ularning ovozi begona erkaklar tomonidan eshitilishi va bu “erkaklarni yo‘ldan ozdirishi”ni da’vo qilgan.
“Tolibon”ga ko‘ra, ayollar gapirmasdan va savdolashmasdan xarid qilishi lozim.
Axloq polisiyasi o‘zlarining yangi qonunlarini amalga oshirish uchun zo‘ravonlik va repressiyalarni kuchaytirgani aytilmoqda. Fuqarolar qonun ijrosi yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan. Ular bu zulm, qasos, repressiya va keng tarqalgan suiiste’mollik muhitini yaratishini aytgan. “Tolibon” ayollar qo‘lqop kiyib, yuzini to‘liq berkitishi kerakligini ta’kidlagan.