Bugun 17 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

“Tolibon” ayollarga nisbatan taqiqni kengaytirmoqda

“Tolibon” ayollarga nisbatan taqiqni kengaytirmoqda

“Tolibon” ayol diktorlarga televizordagi yangiliklarni o‘qishni va ayol jurnalistlarga matbuot anjumanlariga borishni taqiqladi. Bu haqda Solhnews xabar berdi.

Solhnews xabariga ko‘ra, buyruq Fazilatni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish boshqarmasi tomonidan berilgan. Teleekranlarda ayollarning paydo bo‘lishi va ularning ovozlari “erkaklar uchun provokasiya” ekani ta’kidlangan. Hirot boshqarmasi ommaviy axborot vositalarini bu qoidani buzmaslikka chaqirgan. “Tolibon” rasmiy ravishda tegishli buyruqqa izoh bermagan. Bunday taqiq Qandahorda 2021 yilda ham “Tolibon” tomonidan kiritilgan.

“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, xotin-qizlarga nisbatan ko‘plab cheklovlar joriy etildi. Taqiqlar tufayli ayollar va qizlar ta’lim olish, ishlash, sport, sayohat qilish va dam olish huquqidan mahrum qilindi.

Kiritildi: 19:22 16.01.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!