Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Tolibon AQSh joriy etgan viza cheklovlarini qoraladi

Tolibon AQSh joriy etgan viza cheklovlarini qoraladi

Tolibon TIVga ko‘ra, bu qaror ikki tomonlama munosabatlar rivojiga to‘siq bo‘ladi. Tolibon afg‘onlarning islom va ularning madaniyati tomonidan tan olingan va zamon ruhiga mos huquqlarini himoya qilib, ularning farovonligini ta’minlashga intilayotganini da’vo qilmoqda.

Afg‘oniston moliya va bank tizimlariga qarshi AQSh joriy etgan sanksiyalar afg‘onlarning o‘zlariga zarur bo‘lgan ko‘plab sohalarga, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlashga kirishini qiyinlashtirmoqda. Vashington Doha kelishuviga rioya qilishga va uning qo‘shimchalarini (!!!) amalga oshirishga, shuningdek, Tolibonga bergan va’dalarini bajarishga chaqiriladi.

Tolibon hech kim ulardan kuch bilan hech narsaga erisha olmasligini eslatib, barcha kelishmovchiliklarni diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga tayyor ekanliklarini ishontirmoqda.

Kiritildi: 20:28 02.02.2023. O'qildi: 2257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!