Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

“Tolibon” Afg‘onistonning G‘arbdagi elchixonalarini tan olmayda

A A A
“Tolibon” Afg‘onistonning G‘arbdagi elchixonalarini tan olmayda

“Tolibon” harakati Afg‘onistonning Germaniya va boshqa G‘arb mamlakatlaridagi elchixonalari tomonidan berilgan vizalar va pasportlarni tan olishdan bosh tortdi.

“Tolibon” nazoratidagi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi Berlin va Bonndagi, shuningdek, Avstriya, Shveysariya, Belgiya, Polsha hamda Yevropaning boshqa davlatlaridagi elchixonalar va konsulliklar tomonidan berilgan pasport, vizalar va boshqa hujjatlarni tan olmasligiga aniqlik kiritgan.

“Tolibon” xorijdagi afg‘onlar va Afg‘onistonga borishni xohlovchi xorijliklarni boshqa davlatlardagi xayrixoh vakolatxonalarning konsullik xizmatiga murojaat qilishga chaqirgan. Harakat vakillariga ko‘ra, ular “Tolibon” bilan “o‘zboshimcha” va “nomuvofiq” harakat qilgan afg‘on diplomatik missiyalari bilan hamkorlik qilmaydi.

Yangi chora faqat “Tolibon”ning xorijiy missiyalar ustidan nazoratni tiklashga urinishi bo‘lishi mumkin, deb yozadi dpa agentligi.

Kiritildi: 23:25 30.07.2024. O'qildi: 1297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!