Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

“Tokioga yo‘l” premyerasi bo‘lib o‘tdi

“Tokioga yo‘l” premyerasi bo‘lib o‘tdi

2026 yil 3 aprel kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Tokioga yo‘l” filmining tantanali premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Film Bahodir Jalolov hayoti va sportdagi yo‘liga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Yangi O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi aks ettirilgan.

“Tokioga yo‘l” oddiy sport filmi emas — u iroda, matonat va orzular yo‘lidagi kurash haqidagi ta’sirchan kino hikoyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Kartina tomoshabinni o‘z imkoniyatlariga ishonishga va qiyinchiliklar oldida taslim bo‘lmaslikka chorlaydi.

Loyiha Kinematografiya agentligi, Prezident Administrasiyasi huzuridagi kontent tayyorlash markazi hamda qator hamkor tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan.

Film nafaqat milliy kino sifatida, balki O‘zbekiston imijini xalqaro maydonda mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, uni xorijda, jumladan Yaponiyada namoyish etish va onlayn platformalar orqali keng auditoriyaga taqdim etish rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 11:37. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!