Tokioda dunyodagi eng yirik dengiz mahsulotlari bozori “Sukidzi” o‘z ishini to‘xtatmoqda. The Japan News nashrining xabar qilishicha, bu Tokioda 2020 yilda o‘tadigan yozgi Olimpiada bilan bog‘langan.
7 oktyabrda oxirgi savdolar bo‘lib o‘tgan. Savdolar doirasida 160 kglik tunes balig‘i 4,38 mln iyenga (35 ming dollar) sotilgan.
Ta’kidlanishicha, bozor Tokioda 83 yil faoliyat yuritgan. Endi “Sukidzi” o‘rnida avtoturargoh qurish rejalashtirilgan. Bozor esa Toyesu sun’iy orolidagi yangi joyga ko‘chib o‘tadi.
Manba: zamin.uz