Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg "opiy" giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg "opiy" giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro 49 kg 599 gr “opiy” moddasini o‘zining boshqaruvida bo‘lgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositasi kelgusida Xorazm viloyati hududida sotilishi rejalashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasining 2-qismi va 273-moddasining 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 07:05 14.06.2025. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!