Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Tojikistonda terrorchilik va ekstremistik jinoyatlar soni kamaydi

Tojikistonda terrorchilik va ekstremistik jinoyatlar soni kamaydi

Tojikistonda “layklar va repostlar” uchun javobgarlikni bekor qilish haqidagi qonun imzolangach, terrorchilik va ekstremistik jinoyatlar soni kamaydi.

Bu haqda matbuot anjumanida mamlakat bosh prokurori Habibullo Vohidzoda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil yakunlariga ko‘ra, bunday huquqbuzarliklar soni 2024 yilga nisbatan 23 foizdan ko‘proqqva yoki 314 taga kamaygan.

Bosh prokurorninvg ta’kidlashicha, bunga prezident Imomali Rahmonning ijtimoiy tarmoqlarda layklar va boshqa izohlarni joylashtirgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atmaslik to‘g‘risidagi ko‘rsatmasidan keyin mumkin bo‘lgan. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, tushuntirish ishlari kuchaytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston parlamenti tomonidan qabul qilingan va qo‘llab-quvvatlangan “layklar va repostlar” uchun javobgarlikni bekor qilish haqidagi qonun 2025 yil may oyida davlat rahbari tomonidan imzolangandi. Tojikiston prezidentining fikricha, ayrim hokimiyat orgagnlari fuqarolarga nisbatan asossiz ravishda jinoiy ish qo‘zg‘atgan va bu amaliyotga chek qo‘yish kerak edi.

Kiritildi: Bugun 18:40. O'qildi: 211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!