Foiz ko‘rinishida Tojikistonda 2022 yil boshiga nisbatan "yopgan non" va "buxanka" non taxminan 50 foizga qimmatlashgan. Dushanbeda og‘irligi 250 gramm bo‘lgan "yopgan non" hozir bozorlarda 3, supermarketlarda esa 4 somoniydan sotilmoqda. Yil boshida uning narxi 2-3 somoniy edi.
Nega non narxi ko‘tarilmoqda? Tadbirkorlar non mahsulotlari narxining oshishini un va ko‘mir qimmatligi bilan izohlamoqda.