Tojikistonda blogerlarga ham soliq joriy etiladi, bu haqda mamlakat soliq qo‘mitasi rahbari Shamsullo Kabirzoda matbuot anjumanida aytgan.
«Soliq kodeksining 98- moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslar olayotgan har qanday daromad, joyi va manbaidan qat’iy nazar soliqqa tortiladi» degan u.
Kabirzodaga ko‘ra, idora xodimlari blogerlar faoliyatini o‘rganishdi va ularni soliqqa tortish kerak degan to‘xtamga kelishgan. O‘tkazilgan tahlillar fuqarolar shaxsiy kanallarida tarqatilayotgan g‘oyalar va fikrlardan daromad olayotganini ko‘rsatgan.
«Shunday ekan, blogerlar soliqqa tortilishi haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas» dedi Kabirzoda.
29ta kanal soliqqa tortiladi, ularning 3 milliondan 19 milliongacha obunachisi bor. Qo‘mita tomonidan akkauntlar egalari 1 aprelga qadar deklarasiya topshirishlarini xabardor qilingan. Bu muddat jismoniy shaxslar uchun belgilangan.
Kabirzoda talablar bajarilmasa tegishli choralar ko‘rilishini aytgan, ammo blogerlarning daromadi haqida hech narsa demagan. Soliq stavkasi ham ochiqlanmagan.