Tojikistonda Ichki ishlar vazirligi xodimlari keng ko‘lamli operasiya o‘tkazdi, uning davomida afsungarlik, folbinlik va okkulsion xizmatlarning boshqa turlari bilan shug‘ullangan 1,5 mingga yaqin kishi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Tojikiston prezidenti saytida xabar qilinishicha, may oyidan buyon tojik polisiyasi tomonidan ruhiy xizmatlar sotuvchilardan tashqari 5 mingga yaqin «ma’lumoti past» imomlar ham hibsga olingan.
❕ Bunday faoliyat bilan shug‘ullangan shaxslarga 270 dan 340 dollargacha jarima solinishi mumkin, bu esa mamlakatdagi o‘rtacha oylik ish haqidan ancha yuqori, ya’ni taxminan 70 dollar.