Bugun 1 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Tojikistonda 400 ta qozonda 10 tonna palov damlandi

Tojikistonda 400 ta qozonda 10 tonna palov damlandi

DUSHANBE (Turon24) – Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Abulqosim Firdavsiy nomli madaniy-istirohat bog‘ida “Oshu palov” festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida 400 ta qozonda umumiy hisobda 10 tonna palov damlandi.

Festivalda mamlakatning turli mintaqalaridan 200 dan ortiq oshpazlar qatnashib, palovning 50 dan ortiq turini tayyorlashdi.

Shuningdek, festivalga kelgan xorijliklar palov tayyorlash usuli bilan ham tanishishdi.

Bosh oshpaz Sobirjon Muhammadjonov boshchiligida eng ko‘p miqdorda – bir tonnalik osh pishirildi. Palovga 250 kg guruch, 200 kg go‘sht, 350 kg sabzi, 90 litr yog‘, 30 kg piyoz, 1 kg zira, 1 kg qalampir, 1 kg barbaris va boshqa ziravorlar solindi.

Tadbir Tojikistonda e’lon qilingan “Sayyohlik va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish yili” doirasida o‘tkazildi.

Manba: turon24. uz

Kiritildi: 23:29 10.11.2018. O'qildi: 1838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!