Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda Toshkentga keldi

A A A
Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda Toshkentga keldi

Tojikiston Respublikasi bosh vaziri Qohir Rasulzoda SHHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Toshkentda 1-2 noyabr kunlari o‘tadigan nufuzli anjumanda SHHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha SHHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 11:45 01.11.2019. O'qildi: 2501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!