Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Tojikiston aholisining elektr energiyasidan qarzi 1 mlrd AQSh dollardan oshib ketdi

Tojikiston aholisining elektr energiyasidan qarzi 1 mlrd AQSh dollardan oshib ketdi

Tojikiston aholisining elektr energiyasidan foydalangani uchun qarzi 1 mlrd AQSh dollariga yetdi. Bu haqda Barki tochik energoxoldingi rasman ma’lum qilar ekan, aholi elektroenergiya iste’moli uchun asosiy qarzdor ekanligini ta’kidladi.

Aholiga elektroenergiya yetkazib berishda monopol bo‘lgan korxonaning bu kabi ma’lumotlari hamisha qizg‘in munozaralar va mutaxassislar o‘rtasida bahslarga aylanib ketadi. Xukumat o‘zi taqdim qiladigan ma’lumotlar haqiqatga mos kelishini aytishiga qaramay, aholi va ekspertlar bu ma’lumotga ehtiyotkorona yondashadi va unga e’tiroz bildiradi.

Jabbor Rasulov tumanida istiqomat qiluvchi 49 yoshli Alisher Aminov har oyda ishlatgan elektroenergiya uchun100 somoni (11 dollarga yaqin) va undan ko‘p somoni miqdorida xaq to‘laydi. U chiroq uchun to‘lovlar kvitansiyasini kechikturgudek bo‘lsa, uning uyini nazoratchilar bosadi va elektroenergiya uzib qo‘yilishini aytib po‘pisa qilishadi. Uning aytishicha, o‘zi istiqomat qiladigan mahallaning barcha aholisi elektroenergiya uchun vaqtida haq to‘laydi, chunki haq to‘lamaydigan bo‘lsalar chiroq o‘chirib qo‘yilishini yaxshi bilishadi.

Barki tochik ning rasmiy ma’lumotlariga qaraganda, aholining elektroenergiya iste’moliga bo‘lgan qarzi 956,8 mln somoni yoki salkam1 mlrd somoni (105 mln dollar)ni tashkil qiladi. Bu 11 fevral kuni energoxolding saytida 11 fevral kuni e’lon qilingan so‘nggi statistik ma’lumotdir. Barki tochik ning ta’kidlashicha, bu kabi qarzlar mustaqillik yillarida to‘planib qolgan.

Elektroenergiya iste’moli uchun qarzlar bilan bog‘liq masala hamishga aholi va Barki tochik o‘rtasida bahslarga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘tgan haftada Kulob shahrida istiqomat qiluvchi bir guruh aholi vakillari elektr tarmoq xodimlari elektrenergiya iste’molini hisoblayotganlarida hisob ko‘rsatkichlarini o‘zgartirib qo‘yishlari va ulardan ko‘proq pul undirishga urinishini aytib shikoyat qilishdi.

Barki tochik Tojikistondagi ikkita davlatga tegishli monopol korxonaning biri hisoblanadi, auditor kompaniyalarning fikricha, uning foydasidan zarari ko‘proq ekan. Masalan, 2017 yilgi audit Barki tochik energoxoldingining zarari 3 mlrd 406 mln somoni ekanini ko‘rsatdi.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 21:15 12.02.2019. O'qildi: 1641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!