Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tojik-qirg‘iz otishmasidan ikki hafta o‘tib, Emomali Rahmon qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

Tojik-qirg‘iz otishmasidan ikki hafta o‘tib, Emomali Rahmon qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

Tanqidlar fonida Tojikiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan chegarada qonli to‘qnashuvlardan ikki hafta o‘tib qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

12 may kuni Ramazon bayrami munosabati bilan yo‘llagan xabarida Emomali Rahmon shunday dedi: “Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegarasidagi mojaro natijasida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va qarindoshlariga chuqur hamdardlik bildiraman". U yaradorlarga va jarohat olganlarga to‘liq tiklanishlarini tilab qoldi.

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida to‘qnashuvlar 28-29 aprel kunlari bo‘lib o‘tdi. Ammo faqat 6 may kuni Tojikiston hukumati chegaralardagi to‘qnashuvlar paytida 19 kishi halok bo‘lgani va 87 kishi yaralanganini tasdiqladi.

Qirg‘iziston tomonining ma’lumotlariga ko‘ra 189 nafar Qirg‘iziston fuqarosi jarohat olgan va 36 kishi, shu jumladan ikki bola halok bo‘lgan. 

So‘nggi ikki hafta ichida chet eldagi tojik muxolifati vakillari Rahmonni qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirmagani uchun bir necha bor tanqid qildilar.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, ular qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirish uchun tashrif buyurishgan va Prezidentning topshirig‘iga binoan har bir oilaga 70 ming somoniy (6000 dollardan ortiq) berishgan.

Tojikiston va Qirg‘iziston rasmiylari bir-birini mojaroni boshlaganlikda va ulkan zarar yetkazganlikda ayblamoqda. Ikki mamlakat Bosh prokuraturalari chegaradagi voqealar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘ashdi.

Kiritildi: 20:37 13.05.2021. O'qildi: 4031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!