Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Tog‘li Qorabog‘ mojarosi: Rossiya Armanistonga yordam berishga tayyor, faqat...

Tog‘li Qorabog‘ mojarosi: Rossiya Armanistonga yordam berishga tayyor, faqat...

Oldinroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga iltimosnoma jo‘natib, mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun yordam so‘ragani haqida yozgandik. Rossiya TIV bu so‘rovga javob berdi.

Unga ko‘ra, agar Armanistonda harbiy to‘qnashuvlar yuzaga kelsagina Moskva Yerevanni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Vazirlik bunday qaror Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam shartnomasiga muvofiq qabul qilinganligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Moskva Yerevan bilan munosabatlarda ittifoqchilik majburiyatlariga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Rossiya departamenti o‘z bayonotida yana bir bor Tog‘li Qorabog‘ mojarosi tomonlarini zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 15:41 31.10.2020. O'qildi: 4357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!