Shu yilning 19 may kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov London shahrida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotganini aks ettiruvchi 2025 yilga mo‘ljallangan keng va istiqbolli kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi va 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.
Savdo va investisiyadan tortib madaniy aloqalar va global chaqiriqlargacha bo‘lgan sohalarni qamrab olgan hamkorligimizdagi yangi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdik. O‘zaro farovonlik va barqarorlik yo‘lidagi umumiy intilishlarimizni yana bir bor tasdiqladik, — deb yozadi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida.