"Titanik"ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan "Karpatiya" kemasi kapitani Artur Rostronning soati 2 million dollarga (1,6 million funt sterling) sotildi.
Bu haqda Henry Aldridge and Son auksion uyi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 18 karatli oltindan yasalgan Tiffany soatini Rostronga 1912 yilda qutqarib qolgan Titanikning omon qolgan yo‘lovchilari sovg‘a qilgan. Gap halokat natijasida halok bo‘lgan biznesmenlar Jon Jeykob Astor, Jon Teyer va Jorj Uaydenerning bevalari haqida ketmoqda. Soatga "Kapitan Rostronga samimiy minnatdorchilik bilan taqdim etildi" degan yozuv o‘yilgan. Ular Rostronga Nyu-Yorkdagi Astor saroyida taqdim etildi.
Lotni AQShdan xususiy kollektor sotib olgan. Manba xabariga ko‘ra, bu Titanik bilan bog‘liq buyum uchun to‘langan eng yuqori narx hisoblanadi. Avvalgi rekord aprel oyida o‘rnatilgan edi, o‘shanda Astor tilla cho‘ntak soati Henry Aldridge and Sonda 1,2 million funt sterlingga sotilgan edi.