Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

“Tinchlik og‘riqli bo‘ladi, ammo urushdan yaxshiroq”

“Tinchlik og‘riqli bo‘ladi, ammo urushdan yaxshiroq”

Ukraina va AQSh prezidentlari o‘rtasida bugungi uchrashuv tinchlik yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning BILD nashri bosh muharriri Robert Shnayder o‘z sharhida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, agar Donald Tramp uchrashuvdan so‘ng Putin bilan kelishuv imkoniyatini ko‘rsa, yaqin kunlarda Tramp, Putin va Zelenskiy ishtirokida uch tomonlama sammit o‘tkazilishi mumkin. Bu sammit Ukrainada tinchlik muzokaralari uchun asos bo‘lib xizmat qilishi ehtimoldan xoli emas.

Biroq tinchlik oson bo‘lmaydi. Shnayderga ko‘ra, barcha tomonlar og‘ir qarorlar qabul qilishiga to‘g‘ri keladi:

  • Tramp avvalgi pozisiyasiga zid ravishda, AQSh tomonidan Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berishga tayyorligini bildirgan.

  • U AQSh harbiylarini yubormoqchi emas — shu bois tinchlikni ta’minlash mas’uliyati Yevropaga tushishi mumkin. Bu esa Germaniya harbiylarini Ukrainaga yuborish ehtimolini ham anglatadi.

  • Ukraina esa eng og‘ir bosqichga duch keladi: Putin Donbass va boshqa hududlarni o‘z nazoratida saqlashni talab qilmoqda. Evaziga, u kelgusida Ukraina yoki Yevropaning boshqa davlatlariga hujum qilmaslikka va’da beradi. Tramp esa Zelenskiydan bu “hududiy almashinuv”ga rozilik kutadi.

Muhim muammo — Putinga ishonch yo‘q. Lekin tinchlikka erishish uchun undan boshqa suhbatdosh yo‘q.

Shnayder xulosa qiladi: “Bu og‘riqli tinchlik bo‘ladi. Ammo yagona alternativa — cho‘zilgan va yanada halokatli urush.”

Kiritildi: 16:50 18.08.2025. O'qildi: 987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!