Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Time jurnali AQSh va Rossiya o‘rtasidagi yadro urushining ssenariysini modellashtirdi

 Time jurnali AQSh va Rossiya o‘rtasidagi yadro urushining ssenariysini modellashtirdi

Nashr tomonidan ishlab chiqilgan modellashtirishga ko‘ra bunday yadroviy urushda quyidagilar sodir bo‘lishi mumkin:

— Agar Rossiya va AQSh o‘rtasida keng miqyosli yadro urushi boshlansa, mojaroning bir tomoni yadro raketalarini uchirgach, ikkinchi tomon ularni aniqlab, nishonlarga yetib bormasidan javob zarbasini beradi;

— Qo‘shma Shtatlarning atom suv osti kemasi Norvegiyaning g‘arbiy qismi orqali ballistik raketalarni uchiradi. Ular Rossiyaga taxminan 10 daqiqada yetib boradi. Rossiya raketalari esa Kanada shimoli orqali AQShga bir necha daqiqa o‘tib zarba berishi mumkin;

◾️ Dastlab yuqori chastotali elektromagnit impulslar elektronika va energiya tizimlarini ishdan chiqaradi. Impuls kuchi har bir metrda o‘n minglab voltni tashkil etadi. Keyingi zarbalar boshqaruv va qo‘mondonlik markazlari hamda yerosti raketa shaxtalariga yo‘naltiriladi;

— Quruqlikdan uchiriladigan qit’alararo ballistik raketalar yarim soat ichida nishoniga yetib boradi. Bunda nishonlar yirik shaharlar bo‘ladi. Har bir zarba Quyosh yuzasidagi kabi qizigan olov sharini hosil qiladi. Uning ortidan qo‘ziqorin shaklidagi radioaktiv bulut ko‘tariladi. Kuchli portlashlar atrofdagi odamlarni kuydirib yuboradi, hamma narsa alanga ichida qoladi. Olovli sharning kengayishi portlash to‘lqinini keltirib chiqaradi va bu to‘lqin yaqin atrofdagi binolarni vayron qiladi;

Buyuk Britaniya va Fransiya ham yadro quroliga ega. Bu davlatlar NATO nizomining 5-moddasiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarni himoya qilishga majbur. Shu sabab Rossiya ularga ham zarba beradi;

— Yadroviy portlashlar natijasida hosil bo‘lgan qora uglerod bulutlari sayyorada “yadro qishi”ga sabab bo‘ladi;

Moskva kabi, aholisi Hirosimadagidan 50 baravar ko‘p bo‘lgan megapolislarda ancha katta miqdorda tutun hosil bo‘ladi. Olov bo‘roni qora tutunni stratosferaga olib chiqadi;

— 5 milliarddan ortiq odam ochlikdan halok bo‘lishi ehtimoli mavjud. AQSH, Yevropa, Rossiya va Xitoy aholisining 99 foizi qurbon bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 17:18 08.11.2025. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!