Bugun 6 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

TikTok 10 million dollar jarimaga tortildi

TikTok 10 million dollar jarimaga tortildi

Venesuela Oliy sudi Oliy sudi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga zarar yetkazuvchi kontent tarqatgani uchun 10 million dollar miqdorida jarimaga tortdi.

«Venesuela Oliy sudi TikTokʼni mamlakat Milliy kommunikasiya komissiyasiga mazkur qaror e’lon qilinganidan keyin sakkiz kun ichida to‘lanishi kerak bo‘lgan 10 million dollarlik jarimadan xabardor qiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq insonning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan virusli kontent tarqalishining oldini olish uchun zarur choralar ko‘rishi kerak», — deydi Oliy sud raisining o‘rinbosari Tanya D’Amelio.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu moliyaviy mablag‘lar hisobiga TikTokʼdan zarar ko‘rganlarga yordam ko‘rsatuvchi jamg‘arma tashkil etiladi. U eng avvalo ijtimoiy tarmoq faoliyatidan jabrlangan bolalar va o‘smirlarga ko‘maklashadi.

Oliy sud, shuningdek, TikTok kompaniyasi zimmasiga Venesuela qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish uchun vakolatxona ochish majburiyatini yuklagan.

Kiritildi: 10:40 01.01.2025. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!