Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.YA. fuqarolar G.A. va K.O‘.ga tanishlari orqali tibbiyot kollejini tugatganligi to‘g‘risida diplom olib berish evaziga 2 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bosh uslubchisi B.A. 2 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.