Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

 The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Ukrainada urush deyarli to‘rt yilga yaqinlashar ekan, Rossiyaning sekin, lekin doimiy bosimi Kiyev pozisiyalarini muzokaralarda zaiflashtirmoqda. Asosiy muammo — Rossiya dronlar orqali Ukraina armiyasining orqa ta’minot yo‘llarini uzishga harakat qilyapti.

Janubi-sharqda Rossiya dronlar bilan logistikaga zarba berib, Ukraina mudofaasini ichidan yemirishni maqsad qilgan. Qishloq yo‘llari yonib ketgan texnika bilan to‘lib ketgan, front esa asta-sekin siljiyapti.

Rossiya yangi taktika qo‘llayapti:
— dron operatorlarini yo‘q qilish
— ta’minot tizimini uzish
— o‘rta masofada (20–80 km) zarbalar berish

Ukraina esa hali ham asosan frontdagi jonli kuchga zarba berishga urg‘u beryapti. Lekin ko‘p harbiylar bu yetarli emas deb hisoblaydi. Ular fikricha, Rossiya kabi orqaga sistemali zarba berish strategiyasiga o‘tish kerak.

Kiritildi: 21:09 06.04.2026. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!