Shartnomaning asosiy jihatlari:
— Ikkala tomon ham Qrimni Rossiya Federasiyasi nazorati ostida qoldirib, lekin Ukraina tomonidan tan olinmagan holda o‘z kelishuvlaridan chiqarib tashlashga kelishib oladilar;
— Ukraina harbiy ittifoqlarga kirmaydi, xorijiy harbiy bazalar va kontingentlarni joylashtirmaydi;
— Ukraina DXR va LXRning Ukrainaning sobiq Donesk va Lugansk viloyatlari ma’muriy chegaralaridagi mustaqilligini tan oladi.
— Rossiya Ukrainadan rus tilini rasmiy tilga aylantirishni talab qiladi;
— Ukrainaga yana hujum uyushtirilgan taqdirda o‘z ittifoqchilarining vaziyatga aralashuvlari uchun shartnomaga qo‘shilishini xohlaydi. Masalan, havo hududini yopish, kerakli qurol-aslaha bilan ta’minlash;
— Rossiya Federasiyasi barcha sanksiyalarni bekor qilishni talab qiladi;
— Loyiha Ukraina qurolli kuchlari va texnikasi sonini cheklashni nazarda tutgan. Ukrainaliklar bunday cheklovlarni qabul qilishga tayyor edilar, lekin cheklovlarni oshirishga intilganlar: mamlakat qurolli kuchlari soni 100 000 kishigacha, 147 minomyot va 10 ta jangovar vertolyot. Ukraina raketalarining qamrovi atigi 40 kmgacha bo‘lishi kerak edi;
— Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga kirishga ruxsat beriladi.