16 iyun kuni Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kas Aleksandr Lukashenkoning bir kun oldin aytgan so‘zlarini «qabul qilib bo‘lmaydigan» va «g‘azabnok» deb atadi va ular «to‘g‘ridan-to‘g‘ri antisemitizmga o‘xshab ketgan» deya qo‘shimcha qildi. Belarusning Isroildagi elchisiga nota topshirildi.
14 iyun, juma kuni Lukashenko mamlakatdagi bir qator shov-shuvli korrupsiya holatlari haqida gapirdi va agar korrupsiya aniqlansa, amaldorlarni eng qattiq choralar ko‘rishi bilan tahdid qildi. Bundan tashqari, u Belarusda «korrupsion jinoyatlar»da ishtirok etganlarning aksariyati yahudiylar ekanligidan noroziligini bildirdi.
🗣 «Kechirasiz, men o‘zimni antisemit deb hisoblamayman, lekin ularning yarmidan ko‘pi yahudiylar. Ularning imtiyozlari bormi? Belarusiyada yashovchi barcha xalqlar teng bo‘lishi kerak. Yahudiylar, belaruslar, ukrainlar, ruslar va polyaklar», - dedi Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, Isroil rasmiylari Belarus prezidentining yahudiylarga nisbatan bayonotlaridan birinchi marta norozilik bildirayotgani yo‘q.
✍️ 2007 yilda Lukashenkoning «Yahudiylar yashayotgan joyiga ahamiyat bermaydi» degan bayonoti Isroil rasmiylarini g‘azablantirdi. O‘shanda Isroil tashqi ishlar vaziri Tsipi Livni barcha mamlakatlar antisemitizmga qarshi kurashishi kerakligini ta’kidlagan edi.