Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 14 mart kuni soat 12:00 larda, Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Binokor ko‘chasida, haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan F.YU. "Gaz-330200" rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtida avtomashinaning salon qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan.
Haydovchi avtomobilni zudlik bilan yo‘l chetiga to‘xtatgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtomobilning ma’lum qismi yong‘indan zararlangan.
Mazkur hodisa yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.