Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Tezkor! Sirdaryolik erkak xolasi va uning o‘g‘lini o‘ldirib, yoqib yuborgani aytilmoqda

Tezkor! Sirdaryolik erkak xolasi va uning o‘g‘lini o‘ldirib, yoqib yuborgani aytilmoqda

Sirdaryoda chamasi 30 yoshlardagi erkak o‘ziga yashash uchun uyidan joy bergan qarindoshlari bo‘lgan ona va bolani vaxshiylarcha o‘ldirib, molxonada jasadlarini yoqib yuborganligi aytilmoqda.

«Sirdaryo Xabarlari»ga ishonchli manbalari tomonidan xabar berilishicha, mazkur dahshatli qotillikka aloqador hodisa Boyovut tumani hududida sodir bo‘lganligi aytilmoqda.

Tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra, katta ehtimol bilan Boyovut tumani "T.Latipov" SIU hududida ("Sarmich" mahallasi bo‘lishi mumkin) 30 yoshlardagi xolasining uyida yashovchi erkak (ismi ma’lum) bugun 1 iyun kuni erta sahar bilan (aniq vaqti ma’lum emas) xolasi va uning 30 yoshlardagi o‘g‘lni vahshiylarcha o‘ldirgan (so‘yib tashlagan yoki chopib tashlagan) va jasadlarni molxonaga olib borib, yoqib yuborgan.

Mazkur mahallada yashovchi fuqarolardan birining «Sirdaryo Xabarlari»ga ma’lum qilishicha, (qotillikda gumonlanayotgan fuqaro uylangan va ajrashganligi aytilmoqda) qotillikda gumonlanayotgan fuqaroga uning qurboni bo‘lgan xolasi o‘zi yashab turgan uyidan joy bergan (qotillikda gumonlanayotgan fuqaro yetimlikda o‘sgan bo‘lishi mumkin).

"Erta tong bilan "pojarniy" xodimlari kelib, molxonadagi (qotillik sodir bo‘lgan hovlidagi) yong‘inni o‘chirishdi. Keyin boshqalari (boshqa huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar) kelishib, hovlini o‘rab olishdi. Shuning uchun molxona va hovlidagi yong‘in suratlarini olishni imkoni bo‘lmadi", — deydi biz bilan suhbatda mahalla fuqarolaridan biri.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur qotillik bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan hali rasmiy ma’lumot berilmadi.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda...

Kiritildi: 17:00 01.06.2021. O'qildi: 3028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!