Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tezkor! Sirdaryoda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Tezkor! Sirdaryoda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Sirdaryoda piyodani urib ketib, voqea joyidan qochib ketgan noma’lum avtomashina haydovchisi qidirilmoqda. Piyoda shifoxonada vafot etgan.

Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.

"2020 yil 26 oktyabr kuni soat 20:15 larda Mirzobod tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘li 122 km Yangiyer-Toshkent yo‘nalishida noma’lum avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 1991 yilda tug‘ilgan piyoda P.A.ni urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan. Piyoda P.A. shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Yuqoridagilarni inobatga olib fuqarolarimizdan holat yuzasidan biror ma’lumotga ega bo‘lsalar Sirdaryo viloyati IIB YHXBga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz. 

+998 67 227-2020
+998 67 227-3293

Befarqlik — bu ichki dushmanimizdir!", - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 12:24 27.10.2020. O'qildi: 2588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!