Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tez tibbiy yordam mashinalariga STY seriyali davlat raqami beriladi

A A A
Tez tibbiy yordam mashinalariga STY seriyali davlat raqami beriladi

Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Tez tibbiy yordam avtomobillari uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etildi.

Unga ko‘ra, I-2 tip - STY seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari tez tibbiy yordam avtomobillariga beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda bo‘ladi. Chap tomonda hududning kodi, o‘ng tomonda esa O‘zbekiston bayrog‘i va "UZ" harflari bo‘ladi.

IE-2 - STY seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari tez tibbiy yordam elektromobillariga va gibrid avtomobillariga beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda bo‘ladi. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, o‘ng tomonda esa O‘zbekiston bayrog‘i va "UZ" harflari bo‘ladi.

Kiritildi: 11:13 18.07.2024. O'qildi: 1515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!