Amerikaning Tesla kompaniyasi haydovchini yukxona eshigi ochiqligi haqida ogohlantirish bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish uchun Xitoydagi 1,68 million elektromobilni chaqirib oladi, deya xabar bermoqda Associated Press mamlakat bozorni tartibga solish davlat boshqarmasi (SAMR) bayonotiga tayanib.
Qaytarib olish dasturiy ta’minotni masofadan yangilash orqali amalga oshiriladi va 2020—2024 yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillarga, xususan, Xitoyda ishlab chiqarilgan Model 3 va Model Y, shuningdek, import qilingan Model S va Model X ga taalluqlidir.
Regulyatorning hisobotida aytilishicha, nosozlik tufayli Tesla old tomonida joylashgan yukxona eshigi to‘liq yopilmasligi mumkin, natijada u haydash vaqtida ochilib ketib, haydovchiga xavfi tug‘diradi.