Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tesla investorlari Ilon Maskka deyarli bir trillion dollarlik mukofot puli bermoqchi

Tesla investorlari Ilon Maskka deyarli bir trillion dollarlik mukofot puli bermoqchi

Tesla investorlari Ilon Maskka deyarli bir trillion dollarlik mukofot puli berishni ma’qulladi, u tarixdagi ilk trillioner bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg

Agentlikning xabar berishicha, Tesla aksiyadorlarining 75 foizi Ilon Mask uchun deyarli bir trillion dollarlik kompensasiya paketini qo‘llab-quvvatlagan. Bu AQSh tarixida kompaniya rahbariga beriladigan eng yirik to‘lov bo‘ladi.

"Mask bu pullarni olishi uchun 10 yil ichida Tesla'ning bozor qiymatini hozirgi 1,4 trillion dollardan 8,5 trillion dollarga oshirishi, shuningdek, bir millionta Robotaxi avtonom avtomobillarini va Optimus robotlarini tijoriy foydalanishga joriy etishi kerak", deya yozmoqda Bloomberg.

"Bu Tesla tarixida shunchaki yangi bob emas, butunlay yangi kitob bo‘ladi", — dedi Mask aksiyadorlar yig‘ilishida.

Kompaniya uchun bu ovoz berish hal qiluvchi ahamiyatga ega edi, avvalroq Mask, agar kompaniyada ko‘proq nazorat huquqiga ega bo‘lmasa, rahbarlik lavozimini tark etishi yoki boshqa kompaniyalariga ko‘proq vaqt ajratishini aytgan edi.

Ba’zi investorlar bu qarorni tanqid qildi, biroq Tesla direktorlar kengashi "agar kelishuv ma’qullanmasa, Mask kompaniyani tark etishi mumkin, uni yo‘qotish — katta xato bo‘ladi", degan qarorga keldi.

Kiritildi: 13:11 07.11.2025. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!