Joriy yil 24 oktyabr, payshanba kuni Tesla kotirovkalari 11 yil ichidagi eng katta o‘sishni ko‘rsatdi, bu esa Space X asoschisi va Tesla egasi Ilon Maskka o‘z boyligini bir kunda 33,5 milliard dollarga oshirish imkonini berdi.
X ijtimoiy tarmog‘i egasi dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. 24 oktyabr holatiga ko‘ra, uning boyligi Bloomberg tomonidan 270 milliard dollarga baholangan.
24 oktyabr kuni NASDAQ fond birjasidagi asosiy savdo sessiyasidan so‘ng elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi aksiyalari 21,92 foizga oshib, har bir aksiya uchun 260,48 dollarni tashkil qildi. Kompaniya kotirovkalaridagi bu o‘sish so‘nggi 11 yil ichida rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.
Tesla aksiyalari kompaniya 2024 yilning uchinchi choragi uchun moliyaviy hisobotini e’lon qilganidan keyin ko‘tarildi.
“Men Tesla dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylanishini aytishim mumkin. Bu holat katta farq bilan ro‘y beradi”, dedi Mask.