Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Termizdan “Alloh” va “Muhammad” so‘zlari yozilgan saljuqiylar oltin dinori topildi (FOTO)

Termizdan “Alloh” va “Muhammad” so‘zlari yozilgan saljuqiylar oltin dinori topildi (FOTO)

Termiz tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliyev bog‘ni sug‘orish chog‘ida yerdan sariq metall parchasini topib, Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qildi. Muzey va viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlaridan iborat guruh topilma aniqlangan joyga borib, qazilma maydonini dastlabki ish jarayonini olib bordi. Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari parchalari topilgan.

Ulkan Eraliyev qimmatbaho topilmani belgilangan tartibda Termiz arxeologiya muzeyiga topshirdi, shundan so‘ng unga amaldagi qoidalarda belgilangan haq to‘lab berildi.

Muzey direktori boshchiligidagi muzey mutaxassislari va numizmatlari tomonidan qimmatbaho topilma dastlabki ekspertizadan o‘tkazildi.

“Oltin dinorning old tomonida muzey numizmati doktoranti Mansur Normo‘minov “Alloh” va “Muhammad” so‘zlarini, shuningdek, arab alifbosining ayrim harflarini o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. Tanganing orqa tomonidagi matn deyarli o‘chib ketgan. Shikastlangan, lekin yaxshi saqlanib qolgan tanga – oltin dinorning og‘irligi 1,92 grammni tashkil qilgan. Ma’lumki, musulmon mamlakatlarida tilla tangalar “dinor”, kumush tangalar “dirham” deb atalar edi, – deydi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyev.

Termiz o‘zining strategik joylashuvi tufayli imperiyalar o‘rtasida tez-tez tortishuvlar va urushlar ob’ektiga aylangan. 10-asrning 2-yarmida shahar qoraxoniylar va g‘aznaviylar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlar joyiga aylandi. Bu hukmdorlar bir-birlari bilan bo‘lgan urushda allaqachon qattiq holdan toyganidan foydalangan saljuqiy shahzodalar To‘g‘rulbek va Chag‘rilbek Termiz va uning atrofini egallab oladilar.

Bu yil Termiz arxeologiya muzeyi ochilganiga 20 yil to‘ladi. 20 yil davomida bu muzeyda birorta ham tilla tanga bo‘lmagan.

Termizdan “Alloh” va “Muhammad” so‘zlari yozilgan saljuqiylar oltin dinori topildi (FOTO)

Termizdan “Alloh” va “Muhammad” so‘zlari yozilgan saljuqiylar oltin dinori topildi (FOTO)

Termizdan “Alloh” va “Muhammad” so‘zlari yozilgan saljuqiylar oltin dinori topildi (FOTO)

Termizdan “Alloh” va “Muhammad” so‘zlari yozilgan saljuqiylar oltin dinori topildi (FOTO)

Termizdan “Alloh” va “Muhammad” so‘zlari yozilgan saljuqiylar oltin dinori topildi (FOTO)

Kiritildi: 12:25 10.05.2022. O'qildi: 6345 marta. Fikrlar soni: 10 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!