Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Termitlarning O‘zbekiston faunasi uchun yangi turi aniqlandi

Termitlarning O‘zbekiston faunasi uchun yangi turi aniqlandi

Olimlarning tahlillariga ko‘ra, O‘zbekiston faunasida ilk bor qayd etilgan mazkur termit turi Shimoliy Turkmanistondan Janubiy O‘zbekistonga tabiiy ravishda kirib kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzuridagi Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy-ishlab chiqarish markazi olimlari tomonidan ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun Blattodea turkumi, Termitidae oilasi, Amitermes avlodiga mansub Amitermes rhizophagus yangi termit turi aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Termitidae oilasi vakillari faqat O‘rta Osiyoda — Turkmanistonda tarqalgan.

Mazkur tur respublikamizning janubida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Vori qishlog‘ida aholi turar joylari va ularga tutash hududlarning yog‘och konstruksiyalarini termitlar bilan zararlanish holatini aniqlash yuzasidan monitoring tadqiqot ishlari jarayonida aniqlandi.

Termitlar jamoasi kesilgan chinor o‘simligining ildiz oldi qismida yuqori namlikka ega bo‘lgan chirigan yog‘och po‘stloq ostida qayd etildi. Aniqlangan termitlar 1500 tani tashkil etib, 50 nafar nimfa, 35 nafar askar, 1415 nafar ishchi termit tabaqalaridan iborat ekanligi tasdiqlandi. Yig‘ilgan namunalar orasida qanotli tabaqalari uchratilmadi. Amitermes rhizophagus termit turi tarqalgan joyda termitlarning uya va ozuqa kameralari, shuningdek, loy -suvoqlar qayd etilmadi.

Olimlarning tahlillariga ko‘ra, O‘zbekiston faunasida ilk bor qayd etilgan mazkur termit turi Shimoliy Turkmanistondan Janubiy O‘zbekistonga tabiiy ravishda kirib kelgan.

Kiritildi: 02:00 02.11.2024. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!